Ey, iymon keltirgan bandalarim, albatta, Mening yerim kengdir. Bas, Mengagina ibodat qilinglar. Al-Ankabut 29:56 ⧉
Tafsir:
Ey Menga iymon keltirgan bandalarim, qay bir yerda Menga ibodat qilish imkoni boʻlmasa, boshqa yerlarga hijrat qilinglar. Mening yerim kengdir. Yolgʻiz Mengagina ibodat qilinglar. Menga hech kimni, hech narsani sherik qilmanglar.