Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 117 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 117 • Oʻzbekcha


مَثَلُ مَا يُنْفِقُونَ فِي هَٰذِهِ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا كَمَثَلِ رِيحٍ فِيهَا صِرٌّ أَصَابَتْ حَرْثَ قَوْمٍ ظَلَمُوا أَنْفُسَهُمْ فَأَهْلَكَتْهُ ۚ وَمَا ظَلَمَهُمُ اللَّهُ وَلَٰكِنْ أَنْفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ 117
Tarjima:
Ularning bu dunyo hayotida qiladigan nafaqalari misoli o`ziga zulm qilgan bir qavmning ekinini urib halok qilgan sovuq shamolga o`xshaydir. Alloh ularga zulm qilmadi. Lekin ular o`zlariga zulm qildilar. Oli Imron 3:117
Tafsir:
Oʻzlaricha yaxshilik yoʻlida infoq-ehson qiladigan oʻsha kofirlar va ularning shu ishlari uchun savob umid qilishlari xuddi nonkoʻrligu gunohlar bilan oʻzlariga oʻzlari zulm qilgan qavmning ekinzoridan moʻl hosil olishni umid qilib turgan bir paytida unga bir shiddatli shamol kelib, hamma ekinlarini uchirib ketganiga oʻxshaydi. Oʻsha qavm ekkan ekinidan hech qanday hosil ololmagani kabi kofirlar ham qilgan ehsonlari uchun hech qanday savob ololmaydilar. Ularga Alloh zulm qilmadi. Allohga va paygʻambarlariga kufr keltirishlari bilan oʻzlariga oʻzlari zulm qildilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 116 Keyingi Oli Imron • Oyat 118