Albatta, kufr keltirganlardan mollari ham, bolalari ham hargiz Alloh azobidan hech narsani qaytara olmas. Ana o`shalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiydirlar. Oli Imron 3:116 ⧉
Tafsir:
Allohga va paygʻambarlariga kufr keltirganlarga bolalari ham, mol-davlatlari ham Allohning azobidan qutqarish borasida zarracha asqotmaydilar. Allohning rahmatini jalb ham qilolmaydilar. Aksincha, azobni va, hasrat-nadomatni yanada ziyodalashtiradilar. Ular doʻzaxda abadiy qoladilar.