Yaxshilik qilsalar, hargiz inkor etilmaslar. Alloh taqvodorlarni yaxshi biluvchi Zotdir. Oli Imron 3:115 ⧉
Tafsir:
Ular ozdir, koʻpdir, biron yaxshilik qilsalar, uning savobi hargiz zoye ketmaydi, ajri aslo kamaytirilmaydi. Alloh Oʻzining buyruqlarini bajaradigan, taqiqlaridan tiyiladigan taqvodorlarni juda yaxshi taniydi. Ularning biron ishi Allohdan yashirin qolmaydi va yaqinda ularga mukofotlarini beradi.