Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ali 'Imran — Oyat 119 (Oʻzbekcha) — Video

Ali 'Imran • Oyat 200 dan 119 • Oʻzbekcha


هَا أَنْتُمْ أُولَاءِ تُحِبُّونَهُمْ وَلَا يُحِبُّونَكُمْ وَتُؤْمِنُونَ بِالْكِتَابِ كُلِّهِ وَإِذَا لَقُوكُمْ قَالُوا آمَنَّا وَإِذَا خَلَوْا عَضُّوا عَلَيْكُمُ الْأَنَامِلَ مِنَ الْغَيْظِ ۚ قُلْ مُوتُوا بِغَيْظِكُمْ ۗ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ 119
Tarjima:
Hoy, sizlar! Ularni yaxshi ko`rasizlar-u, ular sizni yaxshi ko`rmaslar. Sizlar kitobning hammasiga iymon keltirasizlar-u, ular sizlarni ko`rganda, iymon keltirdik, derlar, ammo xoli qolganlarida, sizlarga bo`lgan qattiq achchiqlaridan barmoq tishlarlar. «Achchiqlaring bilan o`lib ketinglar», deb ayt. Albatta, Alloh dillarni egallagan narsalarni biluvchidir. Ali 'Imran 3:119
Tafsir:
Ey moʻminlar, mana, sizlar ularni yaxshi koʻrasizlar, ularga yaxshilikni sogʻinasizlar. Ular esa sizlarni yaxshi koʻrmaydilar, sizlarga yaxshilikni sogʻinmaydilar, aksincha, sizlarni yomon koʻradilar, nafratlanadilar. Sizlar ularga nozil boʻlgan kitoblarga ham iymon keltirasizlar. Ular esa sizlarning paygʻambaringizga nozil qilingan Kitobga iymon keltirmaydilar. Ularga roʻbaroʻ kelganingizda, doʻstmiz, deydilar. Bir-birlari bilan yolgʻiz qolganlarida esa sizlarning birligingiz, yakdilligingizni, Islomning azizligini, oʻzlarining esa xorligini koʻrib, hasaddan yonadilar, barmoqlarini tishlaydilar. Ey Paygʻambar alayhissalom, ularga ayting : "Hasad va nafratingiz bilan qoʻshmozor boʻling!" Alloh kimning qalbida iymon va ezgulik borligini va kimning qalbida kufr va yovuzlik borligini juda yaxshi biladigan Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ali 'Imran • Oyat 118 Keyingi Ali 'Imran • Oyat 120