Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 120 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 120 • Oʻzbekcha


إِنْ تَمْسَسْكُمْ حَسَنَةٌ تَسُؤْهُمْ وَإِنْ تُصِبْكُمْ سَيِّئَةٌ يَفْرَحُوا بِهَا ۖ وَإِنْ تَصْبِرُوا وَتَتَّقُوا لَا يَضُرُّكُمْ كَيْدُهُمْ شَيْئًا ۗ إِنَّ اللَّهَ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطٌ 120
Tarjima:
Sizga yaxshilik tegsa, ularga yomon bo`ladir. Sizlarga musiybat yetsa, ular xursand bo`larlar. Agar sabr va taqvo qilsangiz, ularning makri sizga hech zarar qilmas. Albatta, Alloh qilayotgan ishlarini ihota qilguvchidir. Oli Imron 3:120
Tafsir:
Ey moʻminlar, dushman ustidan gʻalaba, farzand koʻrish yoki mol-davlat kabi biron nematga erishsangizlar, ular xafa boʻlib, gʻam-gʻussaga botadilar. Dushmandan magʻlub boʻlish farzand dogʻi yoki mol-davlatdan ayrilish kabi biron musibatga yoʻliqsangizlar, ular xursand boʻlib, yayrab ketadilar. Allohning gʻazabidan qoʻrqib, farmonlari va qadarlariga sabr qilsangizlar, ularning ozorlari ham, makru nayranglari ham sizlarga zarar yetkaza olmaydi. Alloh ularning qilayotgan nayranglaridan ogoh turibdi va yaqinda oʻsha nayranglarini ish bermaydigan qilib qoʻyadi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 119 Keyingi Oli Imron • Oyat 121