Mo`minlarga: «Sizga Robbingiz tushirilgan uch ming farishtalar ila madad bermog`i kifoya qilmasmi?!» deganingni esla! Oli Imron 3:124 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, eslang! Badr jangida mushriklarga yordamchi kuch kelayotgani haqidagi xabardan keyin moʻminlarning ruhini koʻtarish uchun: "Jangda sizlarni qoʻllab-quvvatlash uchun Alloh nozil qilgan uch ming farishta yetmaydimi?", degandingiz.