«Ha (kifoya qiladir)! Agar sabr va taqvo qilsangiz, ular shu payt kelib qolsalar ham, Robbingiz sizga belgili besh ming farishta ila madad beradir». Ali 'Imran 3:125 ⧉
Tafsir:
Ha, albatta yetadi. Sizlarga Alloh tarafidan boshqa bir xushxabar ham bor. Dushmanga kelgan madad kuchi shiddat bilan ustingizga yopirilib kelayotganda sabr-matonat bilan tursangizlar va Allohdan taqvo qilsangizlar, Parvardigoringiz sizlarga besh ming farishtani madad kuchi qilib yuboradi. Ular oʻzlarini ham, otlarini ochiq koʻrsatib keladilar.