Ular yengillikda ham, og`irlikda ham nafaqa qiladiganlar, g`azabini yutadiganlar va odamlarni afv qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradir. Oli Imron 3:134 ⧉
Tafsir:
Taqvodorlarki, boy paytida ham, kambagʻal holida ham mol-davlatlarini Alloh yoʻlida sarf etadilar, qasos olishga qodir boʻla turib, gʻazablarini yutadilar, zulm qilganning gunohidan oʻtadilar. Alloh mana shunday axloqli muhsinlarni - ishni puxta, goʻzal tarzda bajaruvchilarni yaxshi koʻradi.