Va ular fohisha ish yoki o`zlariga zulm qilgan chog`larida Allohni eslab, gunohlarini mag`firat qilishni so`rarlar, gunohlarini Allohdan o`zga kim ham mag`firat qilardi? Va ular bilib turib, qilgan gunohlarida bardavom bo`lmaslar. Ali 'Imran 3:135 ⧉
Tafsir:
Ular gunohi kabira qilsalar yoki undan quyiroq xatolarga yoʻl qoʻysalar, darhol Alloh taoloni eslaydilar, Uning osiylar oqibati haqidagi shum vadasini ham, taqvodorlar haqidagi xush vadasini ham yodga oladilar-da, Parvardigorlariga gunohlarini oshkor qilmasligini va azoblamasligini soʻrab iltijo qiladilar. Zero, gunohlarni yolgʻiz Allohgina kechiradi. Ular gunoh qilayotganlarini bilib turib, yana sarkashlik bilan davom etavermaydilar. Alloh hamma gunohlarni kechiradi.