Bu, odamlar uchun bayon va taqvodorlar uchun hidoyat va mav'izadir. Oli Imron 3:138 ⧉
Tafsir:
Bu Quroni karim hamma odamlar uchun haqni bayon qiladigan, nohaqdan ehtiyotlantiradigan kitob boʻlsa, taqvodorlar uchun hidoyatga yetaklaydigan, oq-qorani aniqlab beradigan koʻrsatmadir. Chunki undagi rushdu hidoyatdan faqat taqvodorlargina bahra oladilar, xolos.