Bo`shashmanglar! Xafa bo`lmanglar! Sizlar, agar mo`min bo`lsalaringiz, ustunsizlar. Oli Imron 3:139 ⧉
Tafsir:
Ey moʻminlar Uhud kunida boshingizga tushgan musibatdan xafa boʻlmangiz, zaiflashmangiz, boʻshashmangiz. Bu ish sizlarga yarashmaydi. Agar haqiqatan Allohga va U Zotning taqvodor bandalariga bergan vadasiga ishonsangizlar, sizlar shu iymoningiz, Allohning madadi hamda U Zotning nusratidan umidvor boʻlish bilan oliysizlar, gʻolibsizlar.