Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 140 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 140 • Oʻzbekcha


إِنْ يَمْسَسْكُمْ قَرْحٌ فَقَدْ مَسَّ الْقَوْمَ قَرْحٌ مِثْلُهُ ۚ وَتِلْكَ الْأَيَّامُ نُدَاوِلُهَا بَيْنَ النَّاسِ وَلِيَعْلَمَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا وَيَتَّخِذَ مِنْكُمْ شُهَدَاءَ ۗ وَاللَّهُ لَا يُحِبُّ الظَّالِمِينَ 140
Tarjima:
Agar sizga jarohat yetgan bo`lsa, u qavmga ham shunga o`xshash jarohat yetgan. Bunday kunlarni odamlar orasida aylantirib turamiz. Toki, Alloh iymon keltirganlarni bilishi uchun va ulardan shahidlarni chiqarib olishi uchun. Va Alloh zolimlarni sevmas. Oli Imron 3:140
Tafsir:
Ey moʻminlar, Uhud kunida sizlar oʻlim va jarohat kabi musibatlarga yoʻliqqan boʻlsangizlar, xuddi shunday musibatlarga kofirlar ham yoʻliqdilar. Alloh kunlarni moʻminu kofir odamlar orasida aylantirib turadi. Istaganiga gʻalaba beradi, istaganiga magʻlubiyat. Bu ishlar ostida yetuk hikmatlar bor. Ulardan biri chin moʻminlarni munofiqlardan ajratib olish boʻlsa, yana biri Alloh taoloning Oʻzi istagan bandasini shahidlik maqomi bilan siylashidir. Alloh jihodni tark qilish bilan oʻziga oʻzi zulm qilganlarni yaxshi koʻrmaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 139 Keyingi Oli Imron • Oyat 141