Duchor bo`lmasingizdan oldin o`limni orzu qilgan edingiz. Endi uni ko`rib, nazar solib turibsiz. Ali 'Imran 3:143 ⧉
Tafsir:
Ey moʻminlar, Badr jangida shahid boʻlgan birodarlaringiz kabi Alloh yoʻlida shahid boʻlish uchun Uhud jangida kofirlarga roʻbaroʻ boʻlishni orzu qilardingiz. U paytda hali oʻlimning sharpasi va shiddati yoʻq edi. Mana endi Uhud kunida oʻsha orzuingizni oʻz koʻzingiz bilan koʻrib turibsiz.