Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ali 'Imran — Oyat 144 (Oʻzbekcha) — Video

Ali 'Imran • Oyat 200 dan 144 • Oʻzbekcha


وَمَا مُحَمَّدٌ إِلَّا رَسُولٌ قَدْ خَلَتْ مِنْ قَبْلِهِ الرُّسُلُ ۚ أَفَإِنْ مَاتَ أَوْ قُتِلَ انْقَلَبْتُمْ عَلَىٰ أَعْقَابِكُمْ ۚ وَمَنْ يَنْقَلِبْ عَلَىٰ عَقِبَيْهِ فَلَنْ يَضُرَّ اللَّهَ شَيْئًا ۗ وَسَيَجْزِي اللَّهُ الشَّاكِرِينَ 144
Tarjima:
Muhammad ham bir Payg`ambar, xolos. Undan avval ham Payg`ambarlar o`tgan. Agar u o`lsa yoki qatl qilinsa, orqangizga qaytasizmi?! Kimki orqasiga qaytsa, Allohga hech zarar keltira olmas. Va Alloh shukr qiluvchilarni mukofotlar. Ali 'Imran 3:144
Tafsir:
Muhammad ham xuddi oldingi oʻtgan, vafot etgan yoki qatl qilingan paygʻambarlar kabi bir paygʻambar. Endi u oʻlsa yo qatl qilinsa, jihodni tashlab, diningizdan tonib ketaverasizmi? Kim dinidan qaytsa, Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaydi. Zero, U kuchli, Aziz, gʻolib Zotdir. Dinidan qaytgan murtad esa dunyo va oxiratini boy berib, faqat oʻziga zarar qiladi, xolos. Alloh oʻz dinida va dini yoʻlidagi jihodda sabot bilan turadigan shukr qilguvchilarni munosib mukofotlaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ali 'Imran • Oyat 143 Keyingi Ali 'Imran • Oyat 145