Qanchadan-qancha Payg`ambarlar bilan birga ko`plab robboniylar jang qilganlar. Ular Alloh yo`lida yetgan musiybatdan bo`shashmaganlar, zaiflashmaganlar va bo`ysunmaganlar. Alloh sabrlilarni sevadir. Oli Imron 3:146 ⧉
Tafsir:
Qancha paygʻambarlar oʻtganki, tobelaridan koʻplari ular bilan yelkama-yelka turib jang qilganlar. Allohning yoʻlida yetgan oʻlim, yaradorlik kabi musibatlarga taslim boʻlmaganlar, qoʻrqoqlik qilmaganlar, boʻshashmaganlar, zaiflik qilmaganlar, dushmanga boʻyin egmaganlar. Sabr-matonat bilan turganlar. Alloh Oʻzining yoʻlida mashaqqatlarga, musibatlarga sabr qiladiganlarni yaxshi koʻradi.