Ular: «Ey Robbimiz! Bizning gunohlarimiz va ishimizdagi isrofimizni O`zing kechirgin, sobitqadam qilgin va kofir qavmlar ustidan bizga nusrat bergin», degan gapdan o`zga gapni aytmaganlar. Oli Imron 3:147 ⧉
Tafsir:
Oʻsha sabrlilar sinovlarga yoʻliqqanlarida: "Parvardigoro, gunohlarimizni, haddimizni bilmay qilgan xatolarimizni magʻfirat qil, dushmanga roʻbaroʻ kelganimizda bizni sobitqadam ayla, kofir qavm ustidan bizga gʻalaba ber!" deganlar, xolos.