Bas, Alloh ularga bu dunyo savobini va oxiratning go`zal savobini berdi. Alloh go`zal amal qiluvchilarni sevadir. Oli Imron 3:148 ⧉
Tafsir:
Alloh ularga dunyo savobini - gʻalaba va imkoniyatni ham, oxirat savobini - Oʻzining roziligi va naim jannatlarida abadiy qolishni ham berdi. Alloh ibodatlarini ham, muomala-munosabatlarini ham goʻzal tarzda, puxta qilib bajaradigan kishilarni yaxshi koʻradi.