Sura An-Nur (Nur — النور) (Oyat 31)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




24 An-Nur(النور), Oyat 31

وَقُلْ لِلْمُؤْمِنَاتِ يَغْضُضْنَ مِنْ أَبْصَارِهِنَّ وَيَحْفَظْنَ فُرُوجَهُنَّ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا مَا ظَهَرَ مِنْهَا ۖ وَلْيَضْرِبْنَ بِخُمُرِهِنَّ عَلَىٰ جُيُوبِهِنَّ ۖ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا لِبُعُولَتِهِنَّ أَوْ آبَائِهِنَّ أَوْ آبَاءِ بُعُولَتِهِنَّ أَوْ أَبْنَائِهِنَّ أَوْ أَبْنَاءِ بُعُولَتِهِنَّ أَوْ إِخْوَانِهِنَّ أَوْ بَنِي إِخْوَانِهِنَّ أَوْ بَنِي أَخَوَاتِهِنَّ أَوْ نِسَائِهِنَّ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُنَّ أَوِ التَّابِعِينَ غَيْرِ أُولِي الْإِرْبَةِ مِنَ الرِّجَالِ أَوِ الطِّفْلِ الَّذِينَ لَمْ يَظْهَرُوا عَلَىٰ عَوْرَاتِ النِّسَاءِ ۖ وَلَا يَضْرِبْنَ بِأَرْجُلِهِنَّ لِيُعْلَمَ مَا يُخْفِينَ مِنْ زِينَتِهِنَّ ۚ وَتُوبُوا إِلَى اللَّهِ جَمِيعًا أَيُّهَ الْمُؤْمِنُونَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ 31 ٣١

Sen mo`minalarga ayt: «Ko`zlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini ko`rsatmasinlar, magar zohir bo`lgan ziynatlar bo`lsa (mayli). Ro`mollarini ko`ksilariga to`sib yursinlar. Ziynatlarini ko`rsatmasinlar, magar erlariga yo otalariga yo erlarining otalariga yo o`g`illariga yo erlarining o`g`illariga yo aka-ukalariga yo aka-ukalarining o`g`illariga yo opa-singillarining o`g`illariga yo ayollariga yo o`z qo`llarida mulk bo`lganlarga yo (ayollarga) behojat erkak xizmatchilarga yo ayollar avratining farqiga bormagan yosh bolalarga (bo`lsa, mayli). Maxfiy ziynatlarini bildirish uchun oyoqlarini (erga) urmasinlar. Allohga barchangiz tavba qiling, ey mo`minlar! Shoyadki, najot topsangizlar». (31)

Tafsir
Moʻminalarga aytingki, koʻzlarini halol boʻlmagan avratlarga qarashdan tiysinlar, avratlarini buzuqlikdan uzoq yurish va toʻsish ila saqlasinlar, begonalarga ziynatlaridan oʻzi koʻrinib turgan, kiyim kabi yashirishning iloji boʻlmagan joyidan boshqasini koʻrsatmasinlar. Koʻkraklarini, sochlarini, yuzlarini va boʻyinlarini roʻmollari bilan toʻssinlar. Yashirin ziynatlarini erlari, otalari, erlarining otalari, oʻgʻillari, erlarining oʻgʻillari, aka-ukalari, aka-ukalarining bolalari, opa-singillarining bolalari, oʻzlari kabi moʻmin yoki kofir ayollar, qoʻl ostidagi qullar, choʻrilar, ayol kishiga ehtiyoji yoʻq kishilar va ayollar avratining farqiga bormagan goʻdaklardan boshqa hech kimga koʻrsatmasinlar. Oyoqqa taqadigan "xalxol" taqinchogʻi kabi yashirib yurgan ziynatlari bilinishi uchun oyoqlarini yerga urmasinlar. Ey moʻminlar, murod-maqsadga yetish va xavfu xatardan najot topishni umid qilib, barchangiz nazar va boshqa gunohlardan Allohga tavba qilingiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin