Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 160 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 160 • Oʻzbekcha


إِنْ يَنْصُرْكُمُ اللَّهُ فَلَا غَالِبَ لَكُمْ ۖ وَإِنْ يَخْذُلْكُمْ فَمَنْ ذَا الَّذِي يَنْصُرُكُمْ مِنْ بَعْدِهِ ۗ وَعَلَى اللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُؤْمِنُونَ 160
Tarjima:
Agar sizga Alloh nusrat bersa, sizdan g`olib keluvchi yo`q. Agar sizni tashlab qo`ysa, Undan o`zga kim ham yordam berar edi. Mo`minlar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar. Oli Imron 3:160
Tafsir:
Alloh Oʻz madadi va nusrati ila sizlarni qoʻllar ekan, butun yer yuzi bir boʻlib kelganda ham hech qanday kuch sizlarni yenga olmaydi. Agar Alloh madadini toʻxtatib, oʻzingizni oʻzingizga tashlab qoʻysa, Allohdan boshqa hech kim sizlarga madad qoʻlini uzatolmaydi. Bas, nusrat yolgʻiz Allohning Qoʻlidadir. Shunday ekan, moʻminlar yolgʻiz Allohgagina suyansinlar, tayansinlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 159 Keyingi Oli Imron • Oyat 161