Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 159 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 159 • Oʻzbekcha


فَبِمَا رَحْمَةٍ مِنَ اللَّهِ لِنْتَ لَهُمْ ۖ وَلَوْ كُنْتَ فَظًّا غَلِيظَ الْقَلْبِ لَانْفَضُّوا مِنْ حَوْلِكَ ۖ فَاعْفُ عَنْهُمْ وَاسْتَغْفِرْ لَهُمْ وَشَاوِرْهُمْ فِي الْأَمْرِ ۖ فَإِذَا عَزَمْتَ فَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ ۚ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الْمُتَوَكِّلِينَ 159
Tarjima:
Allohning rahmati ila ularga muloyim bo`lding. Agar qo`pol, qalbi qattiq bo`lganingda, atrofingdan tarqab ketar edilar. Bas, ularni afv et. Ularga istig`for ayt va ular bilan ishlarda mashvarat qil. Azmu qaror qilganingdan so`ng Allohga tavakkal qil. Albatta, Alloh tavakkal qiluvchilarni sevadir. Oli Imron 3:159
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, Allohning buyuk rahmati bilan sahobalaringizga nisbatan goʻzal xulqli, xushmuomala boʻldingiz. Agar gapingizda ham, amalingizda ham qoʻpol, dagʻal, toshbagʻir boʻlganingizda hammasi atrofingizdan tirqirab ketardi. Shunday ekan, ularning sizga nisbatan qilayotgan aybu nuqsonlarini kechirib yuboring va ularga magʻfirat tilang. Mashvarat zarur boʻlgan oʻrinlarda ularning fikrlarini soʻrang. Mashvaratdan soʻng aniq bir qarorga kelgach, Allohga tavakkal qilib, olgʻa yuravering. Alloh tavakkal qiluvchilarni yaxshi koʻradi, ularni qoʻllab-quvvatlaydi, ularga muvaffaqiyat ato etadi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 158 Keyingi Oli Imron • Oyat 160