Allohning yo`lida qatl bo`lganlarni o`liklar deb hisoblamanglar. Balki, ular — tirik, Robbilari huzurida rizqlanmoqdalar. Oli Imron 3:169 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, Alloh yoʻlidagi jihodda oʻldirilganlarni oʻliklar, deb oʻylamang. Ular tirikdirlar va Parvardigorlari huzurida oʻzlariga xos hayot kechiradilar. Alloh ularga Oʻz fazlu karami ila faqat Oʻzigagina ayon boʻlgan turli xil nematlar ato etadi.