Ular Alloh O`z fazlidan bergan narsalardan xursandlar va hali ortlaridan o`zlariga qo`shilmagan birodarlariga, ularga xavf yo`qligining hamda xafa ham bo`lmasliklarining xushxabarini bermoqdalar. Ali 'Imran 3:170 ⧉
Tafsir:
Ular mudom baxtu saodat va shodligu xursandlik ogʻushida boʻlib, bu dunyoda qolgan birodarlari ham Alloh yoʻlidagi jihodda halok boʻlib, tezroq yonlariga kelishlarini va oʻzlaridek nozu nematlarga noil boʻlishlarini orzu-umidlar bilan kutib yuradilar. Ular uchun oxiratda hech qanday xavf-xatar yoʻq va bu dunyoda erisholmay qolgan narsalariga xafa ham boʻlmaslar.