Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida va kecha-kunduzning almashinishida aql egalari uchun belgilar bor. Oli Imron 3:190 ⧉
Tafsir:
Osmonlaru yerning yoʻqdan bor qilinishida, kecha va kunduzning almashinib, goh qisqa, goh uzun boʻlib turishida sogʻlom aql egalari uchun borliqning Yaratuvchisi bor ekaniga va Ugina chin mabud ekaniga ochiq hujjat-dalillar bordir.