Allohni tik turgan, o`tirgan va yonboshlagan hollarida eslaydigan, osmonlaru yerning yaratilishini tafakkur qiladiganlar: «Robbimiz, buni bekorga yaratganing yo`q, O`zing poksan, bizni o`t azobidan saqlagin. Oli Imron 3:191 ⧉
Tafsir:
Ular shunday zotlarki, Allohni hamma holatlarida - turganlarida ham, oʻtirganlarida ham, yotganlarida ham eslaydilar. Osmonlaru yerning yaratilishi haqida fikr yuritib: "Parvardigoro, bu qadar buyuk maxluqotlarni bekorga yaratmagansan, Sen behuda ish qilish aybidan poksan, yaxshi ishlarni qilish va yomonliklardan tiyilishga ilhom berish bilan bizni doʻzax azobidan asragin", deydilar.