Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 39 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 39 • Oʻzbekcha


فَنَادَتْهُ الْمَلَائِكَةُ وَهُوَ قَائِمٌ يُصَلِّي فِي الْمِحْرَابِ أَنَّ اللَّهَ يُبَشِّرُكَ بِيَحْيَىٰ مُصَدِّقًا بِكَلِمَةٍ مِنَ اللَّهِ وَسَيِّدًا وَحَصُورًا وَنَبِيًّا مِنَ الصَّالِحِينَ 39
Tarjima:
Mehrobda namoz o`qib turganida, farishtalar unga: «Albatta, Alloh senga Allohdan bo`lgan kalimani tasdiqlovchi, boshliq, shahvati tiyilgan, solih Payg`ambarlardan bo`lgan Yahyoning bashoratini bermoqda», – dedilar. Oli Imron 3:39
Tafsir:
Namoz oʻqib turgan chogʻida farishtalar unga nido qilib, shunday dedilar: "Alloh senga bir bola haqida xushxabar beryapti. Uning nomi Yahyo. Sifatlaridan biri Alloh tarafidan kelgan kalimani, yani, Iyso ibn Maryamning oʻziga xos tarzda yaratilganini tasdiq etguvchi boʻlmogʻidir. Bu bola oʻz qavmiga ilmu ibodatda peshvo boʻlib, oʻzini shahvatlardan, jumladan, ayollardan tiyadi. Hamma vaqtini Parvardigoriga ibodat qilishga bagʻishlaydi va ayni paytda solihlar qatoridagi paygʻambar boʻladi".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 38 Keyingi Oli Imron • Oyat 40