U: «Ey Robbim, menga qandoq o`g`il bo`lsin?! O`zim ulug` yoshga kirgan bo`lsam, xotinim tug`mas bo`lsa?!» – dedi. U zot: «Shundoq, Alloh xohlaganini qiladir», – dedi. Ali 'Imran 3:40 ⧉
Tafsir:
Yahyo haqidagi xushxabarni eshitgan Zakariyo: "Parvardigorim, oʻzim chol boʻlib qolgan boʻlsam, ayolim tugʻmas boʻlsa, menga qayoqdan bola boʻlsin", dedi. Alloh taolo unga shunday javob berdi: "Qariliging va ayolingning tugʻmasligiga qaramasdan, Yahyoning dunyoga kelishi Alloh taoloning boshqa noodatiy yaratishlari kabidir. Zero, Alloh har ishga Qodir va Oʻz ilmu hikmati ila istagan ishini qiladigan Zotdir".