U odamlarga beshikda ham, qarigan chog`ida ham gapiradi va solihlardandir», deganlarini esla. Ali 'Imran 3:46 ⧉
Tafsir:
Odamlarga hali tili chiqmagan goʻdakligida ham, kuch-quvvatga toʻlgan yigitligida ham gapiradi. Gapiranda ham ularning dunyo va oxiratlariga doir hamma ishlarini isloh qiladigan gaplarni gapiradi. Oʻzi esa gapirgan gapida ham, qilgan ishida ham solih boʻlganlar safida boʻladi.