Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 47 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 47 • Oʻzbekcha


قَالَتْ رَبِّ أَنَّىٰ يَكُونُ لِي وَلَدٌ وَلَمْ يَمْسَسْنِي بَشَرٌ ۖ قَالَ كَذَٰلِكِ اللَّهُ يَخْلُقُ مَا يَشَاءُ ۚ إِذَا قَضَىٰ أَمْرًا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ 47
Tarjima:
U: «Ey Robbim, menga bashar qo`l tekkizmagan bo`lsa, qanday qilib bolam bo`ladi?!» – dedi. U zot: «Shunday, Alloh xohlaganini qiladi. Bir ishni iroda qilsa, «Bo`l!» deyishi kifoya, bo`laveradi», – dedi. Oli Imron 3:47
Tafsir:
Maryam oʻzining ersiz bola koʻrishini aqliga sigʻdirolmay: "Biron odam haloldan ham, haromdan ham men bilan yaqinlik qilmagan boʻlsa, bola qanday boʻlsin?", dedi. Shunda unga farishta shunday dedi: "Alloh senga bir bolani otasiz yaratib bergandek, Oʻzi istagan narsasini odatdan tashqari tarzda ham yarataveradi. U bir ishni istasa, unga: "Boʻl", deydi, shu bilan u boʻlaveradi. Uning qoʻlidan kelmaydigan biron ish yoʻq".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 46 Keyingi Oli Imron • Oyat 48