Hoy sizlar, haligilar! O`zingiz bilgan narsada-ku talashdingiz, endi nimaga o`zingiz bilmagan narsada talashmoqdasiz?! Alloh biladir, siz esa bilmaysiz. Ali 'Imran 3:66 ⧉
Tafsir:
Ey ahli kitob, sizlar Muhammad alayhissalom bilan oʻzlaringiz biladigan narsalaringiz - oʻzingizga nozil boʻlgan diningiz haqida talashib-tortishdingiz. Endi nima uchun bilmaydigan narsalaringiz - Ibrohim alayhissalom va uning dini haqida ham talashib-tortishasizlar? Kitoblaringizda ham, paygʻambarlaringiz olib kelgan xabarlarda ham uning dini haqida hech qanday malumot yoʻq-ku! Ishlarning mohiyatlarini ham, ichki yashirin taraflarini ham faqat Alloh biladi, sizlar esa bilmaysizlar.