Ey Robbimiz, bizni hidoyat qilganingdan so`ng qalblarimizni og`dirmagin va bizga O`z huzuringdan rahmat ato qilgin. Albatta Sening O`zing ko`plab ato qiluvchisan. Oli Imron 3:8 ⧉
Tafsir:
Ilmda mustahkam boʻlgan zotlar yana shunday deydilar: "Parvardigoro, bizni haqqa hidoyat qilib, yoʻldan ozganlar yoʻliqqan fojiadan salomat qilganingdan keyin endi yana qalblarimizni haq yoʻldan ogʻdirma! Bizga Oʻz huzuringdan keng rahmat ato etginki, u bilan qalblarimiz hidoyatlansin, yoʻldan ozish falokatidan himoyalansin. Parvardigoro, barcha yaxshiliklarni ato etguvchi yolgʻiz Oʻzingsan!"