Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 7 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 7 • Oʻzbekcha


هُوَ الَّذِي أَنْزَلَ عَلَيْكَ الْكِتَابَ مِنْهُ آيَاتٌ مُحْكَمَاتٌ هُنَّ أُمُّ الْكِتَابِ وَأُخَرُ مُتَشَابِهَاتٌ ۖ فَأَمَّا الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِمْ زَيْغٌ فَيَتَّبِعُونَ مَا تَشَابَهَ مِنْهُ ابْتِغَاءَ الْفِتْنَةِ وَابْتِغَاءَ تَأْوِيلِهِ ۗ وَمَا يَعْلَمُ تَأْوِيلَهُ إِلَّا اللَّهُ ۗ وَالرَّاسِخُونَ فِي الْعِلْمِ يَقُولُونَ آمَنَّا بِهِ كُلٌّ مِنْ عِنْدِ رَبِّنَا ۗ وَمَا يَذَّكَّرُ إِلَّا أُولُو الْأَلْبَابِ 7
Tarjima:
U senga kitobni tushirgan Zotdir. Unda muhkam — oydin oyatlar ham bor va ular kitobning aslidir va mutashobih oyatlar ham bor. Qalblarida hidoyatdan og`ish borlar fitna maqsadida va uni ta'viyl qilish maqsadida undan mutashobih bo`lganiga ergashadir. Uning ta'viylini Allohdan boshqa hech kim bilmas. Ilmda sobit bo`lganlar esa: Unga iymon keltirdik, barchasi Robbimiz huzuridandir, derlar. Va faqat aql egalarigina eslarlar. Oli Imron 3:7
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, Alloh shunday Zotdirki, sizga Quonni nozil qildi. Unda hech qanday chalkashligi yoʻq, aniq-ravshan manolar taraladigan muhkam oyatlar bor. Bu oyatlar Quronning asosi va katta qismini tashkil qiladi. Ixtiloflar chogʻida aynan shu oyatlarga murojaat qilinadi. Ayni paytda bir necha xil manolarni anglatadigan mutashobih oyatlar ham borki, koʻp odamlarga qaysi manoda kelayotganini anglashda chigallik yuzaga keladi. Qalbida marazi - haq yoʻldan ogʻish boʻlgan kimsalar oyatlarning muhkamini qoʻyib, mutashobihini oladilar. Bu bilan shubha qoʻzgʻash, odamlarni yoʻldan ozdirish va oʻz havoyi nafslariga toʻgʻri keladigan tarzda tavil-tafsir qilishni koʻzlaydilar. Aslida bu oyatlarning manolarini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Ilmda mustahkam boʻlgan zotlar esa: "Quronning hammasiga iymon keltirdik, hammasi Parvardigorimiz tarafidan nozil boʻlgan", deydilar. Mutashobih oyatlarni muhkam oyatlar bilan tafsir qiladilar. Sogʻlom aqli borlargina eslatma-nasihatga quloq soladilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 6 Keyingi Oli Imron • Oyat 8