U sizlarni bachadonlarda xohlagan suvratga soladigan Zotdir. Undan o`zga iloh yo`q. U Aziyz va Hakiym Zotdir. Ali 'Imran 3:6 ⧉
Tafsir:
Sizlarni onalaringiz qorinlarida erkak va ayol, chiroyli va xunuk, oq va qora qilib, Oʻzi istagancha turli xil suratlarda yaratgan Zot Allohdirki, Undan oʻzga chin mabud yoʻqdir. U Azizdirki, hech kim, hech narsa Undan gʻolib boʻla olmas. U har bir yaratishini, tadbirini, shariatini hikmat bilan qiladigan Zotdir.