Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 97 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 97 • Oʻzbekcha


فِيهِ آيَاتٌ بَيِّنَاتٌ مَقَامُ إِبْرَاهِيمَ ۖ وَمَنْ دَخَلَهُ كَانَ آمِنًا ۗ وَلِلَّهِ عَلَى النَّاسِ حِجُّ الْبَيْتِ مَنِ اسْتَطَاعَ إِلَيْهِ سَبِيلًا ۚ وَمَنْ كَفَرَ فَإِنَّ اللَّهَ غَنِيٌّ عَنِ الْعَالَمِينَ 97
Tarjima:
Unda ochiq alomatlar va maqomi Ibrohim bor. Kim unga kirsa, tinch bo`ladir. Odamlardan yo`lini topganlariga Alloh uchun Baytni haj qilmoq burchdir. Kimki kufr keltirsa, Alloh olamlardan behojatdir. Oli Imron 3:97
Tafsir:
Bu uyning fazli va sharafini koʻrsatib turadigan belgilar uning oʻzida mavjud. Unda qilinadigan ibodatlar, Ibrohim alayhissalom Kaba devorini koʻtarmoqchi boʻlganda ustida turgan malum va mashhur toshning oʻsha yerdaligi, unga kirib olgan odamning xavfu xatardan xoli boʻlishi kabi ishlar shular jumlasidandir. Yoʻl kirasiga va jismonan qodir odam haj ibodatlarini ado etish uchun shu Uyga borishi vojib boʻladi. Kim haj farzini inkor qilsa, Alloh u kofirdan ham va butun olamlardan ham Behojatdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 96 Keyingi Oli Imron • Oyat 98