Ey, ahli kitoblar, nega Allohning oyatlariga kufr keltirasizlar?! Holbuki, Alloh qilayotganlaringizga guvoh-ku. Oli Imron 3:98 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, ayting: "Ey ahli kitob - yahud va nasorolar, nima uchun mening chin paygʻambar ekanimni koʻrsatuvchi hujjatlarni rad etasizlar?! Ulardan ayrimlari Tavrot va Injilda ham kelgan-ku! Alloh qilayotgan ishlaringizdan ogoh boʻlib, ularga guvoh boʻlib turibdi. Yaqinda amalingizga yarasha jazo yoki mukofotingizni beradi".