Ey, ahli kitoblar! Nega iymon keltirganlarni Allohning yo`lidan to`sib, qaytarasiz?! O`zingiz shohid bo`lib turib, u(yo`l)ning qing`ir bo`lishini xohlaysiz! Alloh qilayotgan ishlaringizdan g`ofil emasdir. Oli Imron 3:99 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, ayting: "Ey ahli kitob - yahud va nasorolar, nima uchun iymon keltirib turgan odamlarni Allohning dinidan qaytarasizlar? Ularni haqdan botilga, hidoyatdan zalolatga burmoqchi boʻlasizlar? Axir bu dinning haqligini kitoblaringiz tasdiqlab turibdi-ku! Alloh qilayotgan ishlaringizdan, kufr keltirayotganingizdan, Allohning yoʻlidan toʻsayotganingizdan bexabar emas-ku! Yaqinda amallaringizga yarasha jazo beradi".