Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Luqmon — Oyat 12 (Oʻzbekcha) — Video

Luqmon • Oyat 34 dan 12 • Oʻzbekcha


وَلَقَدْ آتَيْنَا لُقْمَانَ الْحِكْمَةَ أَنِ اشْكُرْ لِلَّهِ ۚ وَمَنْ يَشْكُرْ فَإِنَّمَا يَشْكُرُ لِنَفْسِهِ ۖ وَمَنْ كَفَرَ فَإِنَّ اللَّهَ غَنِيٌّ حَمِيدٌ 12
Tarjima:
Batahqiq, Biz Luqmonga: «Allohga shukr qil. Kim shukr qilsa, o`zi uchun qiladir. Kim noshukrlik qilsa, bas, albatta, Alloh behojat va maqtalgan Zotdir», deb hikmatni berdik. Luqmon 31:12
Tafsir:
Biz Luqmonga diniy bilimni va barcha ishlarda toʻgʻri yoʻl tuta bilishni ato etdik va unga shunday dedik: "Ey Luqmon, Parvardigoring bergan nematlari uchun Unga shukr qil. Kim Parvardigoriga shukr qilsa, oʻzi uchun qiladi. Zero, Alloh uning shukridan Behojat. Kim Allohning nematlariga nonkoʻrlik qilsa, uning zarari ham oʻziga boʻladi. Allohga zarar qila olmaydi. Zero, Alloh hamma maxluqotlardan Behojat va har qanday holatda maqtovga loyiq Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Luqmon • Oyat 11 Keyingi Luqmon • Oyat 13