Luqmon o`g`liga va'z-nasihat qilib aytganlarini esla: «Ey o`g`ilcham, Allohga shirk keltirma. Albatta, shirk katta zulmdir». Luqmon 31:13 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, eslang, oʻshanda Luqmon oʻgʻlini ezgulikka chorlab, yovuzlikdan qaytarib, shunday degan edi: "Ey oʻgʻilcham, Allohdan boshqasiga bandalik qilma. Allohdan boshqasiga qullik qilish oʻziga oʻzi qattiq zulm qilishdir. Zero, bu ish doʻzaxda abadiy qolishga olib boradigan katta gunohdir.