Sizlardan kim Alloh va Uning Rasuliga mudom itoatda bo`lsa va yaxshi amal qilsa, uning ajrini ikki marta beramiz va uning uchun go`zal rizqni tayyorlaganmiz. Al-Ahzab 33:31 ⧉
Tafsir:
Sizlardan qaysi biringiz mudom Alloh va Rasulining itoatida boʻlib, Alloh rozi boʻladigan yaxshi ishlarni qilsa, unga boshqa ayollarga nisbatan ikki barobar koʻp savob beramiz. Oxiratda esa unga juda katta mukofotni - jannatni tayyorlab qoʻyganmiz.