Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ahzob — Oyat 32 (Oʻzbekcha) — Video

Ahzob • Oyat 73 dan 32 • Oʻzbekcha


يَا نِسَاءَ النَّبِيِّ لَسْتُنَّ كَأَحَدٍ مِنَ النِّسَاءِ ۚ إِنِ اتَّقَيْتُنَّ فَلَا تَخْضَعْنَ بِالْقَوْلِ فَيَطْمَعَ الَّذِي فِي قَلْبِهِ مَرَضٌ وَقُلْنَ قَوْلًا مَعْرُوفًا 32
Tarjima:
Ey, Nabiyning ayollari! Sizlar ayollardan birortasi kabi emassiz. Agar taqvo qilsangiz, mayin so`z qilmang, yana, qalbida kasali bor bo`lgan tama' qilib yurmasin. Gapirganda yaxshi gapni gapiringlar. Ahzob 33:32
Tafsir:
Ey Muhammad alayhissalomning ayollari, sizlar fazlu sharafda boshqa ayollar kabi emassizlar. Agar Allohning buyruqlarini bajarib, taqiqlaridan tiyilsangizlar, hech bir ayol fazlu sharaf bobida sizlarga tenglasha olmaydi. Shunday boʻlgach, begona erkaklarga muloyim boʻlib, ovozingizni mayin qilmang. Toki, qalbida marazi, harom istagi bor pastkashlar niyati buzilib, xomtama boʻlib yurmasinlar. Odamni shubhaga soladigan tarzda gapirishdan yiroqlashinglar, jiddiy boʻlinglar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ahzob • Oyat 31 Keyingi Ahzob • Oyat 33