Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ahzab — Oyat 4 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ahzab • Oyat 73 dan 4 • Oʻzbekcha


مَا جَعَلَ اللَّهُ لِرَجُلٍ مِنْ قَلْبَيْنِ فِي جَوْفِهِ ۚ وَمَا جَعَلَ أَزْوَاجَكُمُ اللَّائِي تُظَاهِرُونَ مِنْهُنَّ أُمَّهَاتِكُمْ ۚ وَمَا جَعَلَ أَدْعِيَاءَكُمْ أَبْنَاءَكُمْ ۚ ذَٰلِكُمْ قَوْلُكُمْ بِأَفْوَاهِكُمْ ۖ وَاللَّهُ يَقُولُ الْحَقَّ وَهُوَ يَهْدِي السَّبِيلَ 4
Tarjima:
Alloh biron kishining ichida ikkita qalb qilgan emasdir. O`zlaringiz zihor qilayotgan xotinlaringizni siz uchun ona ham qilgan emas va asrandi bolalaringizni sizga farzand qilgan emas. Bularingiz og`zingiz bilan aytgan gaplaringizdir. Alloh esa, haqni aytur va U to`g`ri yo`lga hidoyat qilur. Al-Ahzab 33:4
Tafsir:
Alloh biron kishining ichida ikki yurak qilmagani kabi xotinlarni xuddi onalardek mahram qilgan emas, asrandi bolalarni esa oʻz pushti kamaridan boʻlgandek farzand qilgan emas. Zihor - erning oʻz xotinini oʻziga mahram qilib olishidir. Oʻgʻil qilib olish ham johiliyat odatlaridan boʻlib, uni Islom bekor qildi. Bu ikki ish ogʻzingizdagi tagi puch gaplardir. Zero, hech qachon xotin ona boʻlolmaydi, asrandi esa chin oʻgʻil. Haqni Alloh aytur va unga itoat etilur. Toʻgʻri yoʻlga hidoyat qiladigan ham Allohdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ahzab • Oyat 3 Keyingi Al-Ahzab • Oyat 5