Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ahzab — Oyat 5 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ahzab • Oyat 73 dan 5 • Oʻzbekcha


ادْعُوهُمْ لِآبَائِهِمْ هُوَ أَقْسَطُ عِنْدَ اللَّهِ ۚ فَإِنْ لَمْ تَعْلَمُوا آبَاءَهُمْ فَإِخْوَانُكُمْ فِي الدِّينِ وَمَوَالِيكُمْ ۚ وَلَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ فِيمَا أَخْطَأْتُمْ بِهِ وَلَٰكِنْ مَا تَعَمَّدَتْ قُلُوبُكُمْ ۚ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَحِيمًا 5
Tarjima:
Ularni o`z otalari nomi bilan chaqiringlar. Ana shu, Allohning nazdida to`g`ridir. Agar otalarini bilmasangiz, ular sizning din qardoshlaringiz va do`stlaringizdir. Bilmasdan qilgan xato narsangiz uchun sizga gunoh yo`q. Ammo dildan qasd qilgan bo`lsangiz, Alloh o`ta mag`firatli va o`ta rahimli Zotdir. Al-Ahzab 33:5
Tafsir:
Ularni oʻzlarining haqiqiy otalari nomi bilan chaqiringlar. Oʻshalarga mansub boʻlishi Allohning nazdida adolatliroqdir. Otalarini tanimasangizlar, u holda ular sizlarning diniy birodarlaringiz va ozod qilgan qullaringiz boʻlib, ularni birodar yoki jiyan, deb chaqirsangiz boʻlaveradi. Kimdir xato qilib, oʻgʻlim, deb yuborsa, zarari yoʻq. Lekin atayin, qasd qilib aytsangizlar, gunohkor boʻlasizlar. Alloh tavba qilgan bandasini Kechirguvchi va xatolar uchun jazolamaydigan Rahmli Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ahzab • Oyat 4 Keyingi Al-Ahzab • Oyat 6