Batahqiq, Biz Dovudga O`zimizdan fazl berdik. «Ey tog`lar, u bilan birga (tasbihni) qaytar va qushlar ham», (dedik). Va unga temirni yumshoq qildik. Saba 34:10 ⧉
Tafsir:
Dovud alayhissalomga Oʻzimiz tarafimizdan paygʻambarlik va podshohlikni ato etdik. Togʻlarga dedik: "Ey togʻlar, Dovud bilan birga tasbeh aytinglar". Qushlarga ham shunday dedik. Unga temirni yumshoq qilib berdik. Toki, undan oʻzi istagan asbobini yasay olsin.