Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Saba — Oyat 14 (Oʻzbekcha) — Video

Saba • Oyat 54 dan 14 • Oʻzbekcha


فَلَمَّا قَضَيْنَا عَلَيْهِ الْمَوْتَ مَا دَلَّهُمْ عَلَىٰ مَوْتِهِ إِلَّا دَابَّةُ الْأَرْضِ تَأْكُلُ مِنْسَأَتَهُ ۖ فَلَمَّا خَرَّ تَبَيَّنَتِ الْجِنُّ أَنْ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ الْغَيْبَ مَا لَبِثُوا فِي الْعَذَابِ الْمُهِينِ 14
Tarjima:
Qachonki, Biz u(Sulaymon)ga o`limni hukm etganimizda, ularga uning o`limi haqida asosini yeyayotgan yog`och qurtidan boshqa hech bir narsa dalolat qilmadi. Qachonki, u yiqilganda, jinlarga, agar ular g`aybni bilganlarida, xorlovchi azobda qolmagan bo`lishlari ayon bo`ldi. Saba 34:14
Tafsir:
Sulaymonga oʻlimni hukm etganimizda jinlarga uning oʻlganini u suyanib turgan asoni yeyayotgan yogʻoch qurtgina bildirdi. U qulab tushgach, jinlarga ayon boʻldiki, ular gʻaybni bilmas ekanlar. Chunki agar uning joni uzilganini bilganlarida edi, oʻzlarini xor qiladigan azobda, yani, Sulaymon alayhissalom uchun qilayotgan oʻta ogʻir mehnatda davom etavermagan boʻlardilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Saba • Oyat 13 Keyingi Saba • Oyat 15