Batahqiq, saba'liklar uchun o`z maskanlarida oyat (belgi) — o`ng va chapdan ikki bog` bor edi. «Robbingiz rizqidan yeng va Unga shukr qiling! Ne go`zal yurt va o`ta mag`firatli Robbingiz bor», (dedik). Saba 34:15 ⧉
Tafsir:
Saba qabilasi uchun oʻzlari yashab turgan uylarida Allohning qudrati va saxovatini koʻrsatib turadigan bir belgi bor edi. U ikki jannat boʻlib, biri oʻng tarafda, ikkinchisi esa chap tarafda joylashgandi. Ularga dedik: "Parvardigoringiz ato etgan rizqdan yeb-ichinglar va U Zotga shukr qilinglar. (Shahringiz) pokiza shahardir, (Parvardigoringiz) magʻfirat kilguvchi Parvardigordir».