Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Saba — Oyat 18 (Oʻzbekcha) — Video

Saba • Oyat 54 dan 18 • Oʻzbekcha


وَجَعَلْنَا بَيْنَهُمْ وَبَيْنَ الْقُرَى الَّتِي بَارَكْنَا فِيهَا قُرًى ظَاهِرَةً وَقَدَّرْنَا فِيهَا السَّيْرَ ۖ سِيرُوا فِيهَا لَيَالِيَ وَأَيَّامًا آمِنِينَ 18
Tarjima:
Biz ular bilan O`zimiz barakali qilgan shaharlar orasida ketma-ket qishloqlar qilib, ular orasidagi yurishni o`lchovli etib qo`ygan va «Ularda kechalar ham, kunduzlar ham omonlik-la yuravering», (degan edik). Saba 34:18
Tafsir:
Yamandagi Saba aholisi bilan Oʻzimiz barakotli qilib qoʻygan Shom shaharlari orasida bir-biriga yaqin qishloqlarni barpo qildik. Yurish yoʻllarini belgilab qoʻydik. Bir qishloqdan ikkinchisiga, to Shomgacha mashaqqatsiz bora oladigan boʻldilar. Ularga shunday dedik: "U yerlarda kechasi ham, kunduzi ham dushmanga duch kelib qolish, och qolish, chanqab qolish kabi xavfu xatarlardan xoli, tinch-omon holda istaganinglarcha yuraveringlar".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Saba • Oyat 17 Keyingi Saba • Oyat 19