Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Saba — Oyat 19 (Oʻzbekcha) — Video

Saba • Oyat 54 dan 19 • Oʻzbekcha


فَقَالُوا رَبَّنَا بَاعِدْ بَيْنَ أَسْفَارِنَا وَظَلَمُوا أَنْفُسَهُمْ فَجَعَلْنَاهُمْ أَحَادِيثَ وَمَزَّقْنَاهُمْ كُلَّ مُمَزَّقٍ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ لِكُلِّ صَبَّارٍ شَكُورٍ 19
Tarjima:
Ular: «Ey Robbimiz, safarlarimiz orasini uzoq qil!» dedilar va o`zlariga zulm qildilar. Bas, Biz ularni hikoyalarga aylantirdik va butunlay parcha-parcha qilib tashladik. Albatta, bunda har bir o`ta sabrli va o`ta shukrli uchun oyat (belgi)lar bordir. Saba 34:19
Tafsir:
Alloh ularga yoʻllarini yaqin qilib bersa, hadlaridan oshib, toʻqlikka shoʻxlik qilib: "Parvardigoro, oʻrtadagi qishloqlarni olib tashlab, safarlarimizni uzoq qilib ber, toki, safar mashaqqatini tatiylik, karvonlarimizning fazilati koʻrinsin", deya duo qilib, oʻzlariga oʻzlari zulm qildilar. Nonkoʻrlik, noshukrlik va hasad ularni shu ahvolga soldi. Shu bilan ularni keyingilar gapirib yuradigan choʻpchaklarga aylantirib qoʻydik. Parcha-parcha qilib, bir-birlari bilan bordi-keldi qila olmaydigan qilib yubordik. Bu ishlarda Allohga itoat qilish va U Zotga gunoh qilib qoʻyishdan tiyilish yoʻlida sabr qiladigan, Allohning nematlariga shukr qiladigan zotlar uchun ibrat bordir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Saba • Oyat 18 Keyingi Saba • Oyat 20