Batahqiq, iblis ular haqidagi gumonini ro`yobga chiqardi. Bas, faqat bir guruh mo`minlardan boshqalari unga ergashdilar. Saba 34:20 ⧉
Tafsir:
Darhaqiqat, Iblis ularni igʻvo qilish va yoʻldan ozdirish haqidagi oʻyini amalga oshirdi. U boshlagan kufru zalolatga ergashdilar. Bir guruh moʻminlargina bundan mustasno boʻldi. Ular Iblisga ergashmasdan, uning umidini puchga chiqardilar.