Holbuki, uning ular ustidan hech bir hukmronligi bo`lmas edi. Magar, Biz oxiratga iymon keltiradiganni unda (oxiratda) shaki bordan ayirishimiz uchun bo`ldi. Robbing har bir narsani muhofaza qilguvchidir. Saba 34:21 ⧉
Tafsir:
Iblisning ular ustidan hech qanday hukmronligi yoʻq. U hech kimni kofir boʻlishga, adashishga majburlay olmaydi. Bor-yoʻgʻi zalolatni chiroyli qilib, boʻyab koʻrsata oladi, xolos. Biz oxiratga iymon keltiradigan moʻminlarni u haqda shak-shubha qiladigan shakkoklardan ajratib olish uchun unga izn berib qoʻyganmiz. Ey Paygʻambar, Parvardigoringiz bandalarining hamma ishlarini asrab qoʻyadi va yaqinda oʻsha ishlariga yarasha jazo yoki mukofotlarini beradi.