Sen: «Allohdan o`zga gumon qilganlaringizga duo qilaveringlar! Ular osmonlaru yerda zarra vaznicha narsaga molik emaslar. Ularga bu(ikki)larida sheriklik ham yo`q. Va U zotga ulardan birorta yordamchi ham yo`q», deb ayt. Saba 34:22 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: "Oʻsha Allohdan boshqa ishongan xudolaringizga duo qilaveringlar-chi. Qani koʻraylik-chi, ular sizlarga biron foyda keltira olarmikinlar yoki sizlardan biron zararni daf qila olarmikinlar. Ular samolarda ham, yerda ham bir zarra vazinichalik narsaga ham ega emaslar. Ularga Alloh bilan sherikchilik qilishga yoʻl boʻlsin. Ulardan Allohga hech qanday foyda yoʻq. Alloh sheriklardan, yordamchilardan Behojat Zot.